Rabah Madjer
Rabah Mustapha Madjer (1958-yil 15-dekabrda tugʻilgan) — jazoirlik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.
U 1980-yillarda „ Porto“ oʻyinchisi sifatida yulduzlikka erishdi va barcha davrlarning eng yaxshi jazoirlik futbolchilaridan biri sifatida tanildi. Ushbu klub bilan u olti yillik faoliyati davomida toʻqqizta yirik chempionlikni qoʻlga kiritdi, jumladan, uchta milliy chempionat va 1987-yilgi Yevropa kubogi.
Oʻyinlar va gollar soni boʻyicha Jazoir terma jamoasining eng sermahsul oʻyinchilaridan biri boʻlgan Madjer oʻz terma jamoasi bilan ikkita Jahon kubogida oʻynadi. Nafaqaga chiqqanidan soʻng darhol murabbiylik faoliyatini boshlagan, u bir nechta klublarni boshqargan.
Jamoalardagi faoliyati
Jazoirning Kabillik Hussein Dey tumanida (Tigzirt) tugʻilgan Madjer oʻzining Yevropadagi faoliyatini 1983-yilda mahalliy Hussein Deydan Racing Club de France football Colombes 92ga oʻtkazgan. U bir yarim mavsum davomida u yerda qolib, 1984—1985-yillarni boshqa fransuz jamoasi „ Tours FC“ bilan yakunladi.
Madjer “Porto ”ga 1985—1986-yilda kelgan va keyingi mavsumda “Bavariya”ga qarshi yevrokubok finalida klub tarixiga kirdi va esda qolarli finalda natijani 1:1 hisobida tenglashtirdi va yakunda 2:1 hisobida mutloq gálaba qozondi. Pele bu gol haqida shunday degan ekan: „Agar u orqasiga qaramaganida, bu men koʻrgan eng buyuk gol boʻlardi“. U oʻsha yili klubning Qitʼalararo kubogini zabt etishda ham gol urdi.
1987-yildan keyin Madjer „Oltin toʻp“ni Afrikada qoʻlga kiritdi, lekin u mintaqada tugʻilmagani uchun Yevropaning „Oltin toʻpi“ uchun kurashga ruxsat berilmadi. 1987—1988-yilgi mavsumning birinchi qismida u bor-yoʻgʻi 11 ta oʻyinda maydonga tushib, oʻn marta gol urgan. 1988-yilning yozida u „Inter“ ga koʻchib oʻtdi, ammo tibbiy koʻriklar oʻyinchi oʻtmishda boʻlgan son mushaklarining jiddiy jarohatini aniqladi va shartnoma imzolanmadi.
„Bavariya“ga oʻtishga yaqin boʻlganidan soʻng Madjer 1988-yilning yanvarida La Liganing „ Valensiya“ klubi bilan shartnoma imzoladi va bir necha oydan soʻng yana uch mavsum uchun avvalgi jamoasiga qaytdi. 1987-yilgi Yevropa Superkubogida klublar oʻzaro toʻqnash kelgan paytda Johan Cruyff ham Madjerni OFK Ayaksga sotib olishga uringan edi.
Madjer 1992-yilda 34 yoshida, Qatar SC bilan qisqa muddat oʻynaganidan soʻng oʻyinni tark etadi.
Xalqaro martabasi
Madjer Jazoir terma jamoasida 19 yil oʻynagan va 1982 va 1986-yilgi FIFA Jahon chempionati finallarida ishtirok etgan. U 28 yoshda, 87 oʻyinda mamlakatning eng yaxshi toʻpurari sifatida nafaqaga chiqdi, shuningdek, 1990-yilda Afrika Millatlar Kubogida gʻolib chiqdi.
Madjerning eng mashhur goli 1982-yilgi Jahon chempionatida Jazoirning Germaniya ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi gʻalabasiga toʻgʻri keladi, oʻshanda u 53-daqiqada hisobni ochgan.
Oʻyindan keyingi karyerasi
1993-yilda Madjer Jazoir terma jamoasiga murabbiylik qila boshladi, biroq 1994-yilgi ikkita yirik musobaqada, Jahon chempionati va CAN musobaqalarida qatnasha olmaganidan soʻng isteʼfoga chiqdi va Portoga yoshlar koordinatori sifatida qaytdi.
Keyinchalik u Qatarning “ Al Sadd SC” (1997—1998) va “Al-Vakrah Sport Club” (1998—1999) klublarini boshqargan.
2005-yilda Qatarning „ Al Rayyan“ klubiga murabbiy etib tayinlangan.
Murabbiylik davridan soʻng Madjer Qatarda Al-Jazeera Sports (hozirda beIN Sports) uchun professional tahlilchi sifatida faoliyatini boshladi.
2011-yilda u „UNESCO Goodwill Ambassador“ lavozimiga tayinlandi.
Karyera statistikasi
Klub
Faxrlar
Hussein Dey Porto Xalqaro Individual Havolalar
uz.wikipedia.org