Quzgʻun




Quzgʻun — qargʻasimonlar oilasiga mansub qush. Yevropa, Osiyo (janubi-sharqiy qismidan boshqa joylarida), Shimoliy va Markaziy Amerika, Shimoliy Afrikada tarqalgan. Oʻzbekistonning hamma joylarida uchraydi. Tanasi 60—65 sm. Qora, koʻk yoki yashil tusda metalldek yaltiraydi. Tomogʻidagi parlar uzunroq. Oʻtroq yoki koʻchib yurib yashaydi. Daraxt, qoya, baland inshootlar va boshqalarga uya yasaydi. Bir uyadan bir necha yil foydalanadi. 5—6 ta tuxum qoʻyib, 19—21 kun bosadi. Hammaxoʻr.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz