Quyun qanday boshlanadi?
Deyarli har bir kishi kuchli shamolli va momaqaldiroqli bo’ronning guvohi bo’lgan. Ammo bir vaqtning o’zida bir necha ming kvadrat kilometrli hududni qamrab oladigan bo’ronlar ham bo’ladi. Shunday bo’ronlardan biri tsiklondir. Tsiklon paytida shamol hamma tomondan past bosimli joy bo’lgan bo’ronning markaziga qarab esadi. Qizig’i shundaki, bu shamol ulkan havo buramasini hosil qiladi va bu burama Janubiy yarim sharda soat mili bo’ylab, Shimoliy yarim sharda esa teskari tomonga harakatlanadi.
Quyun (tornado) tsiklonning o’ziga xos bir turidir. U ham xuddi bo’ron singari hosil bo’ladi, ammo uni g’ayrioddiy kuch harakatga keltiradi. Dastlab allaqanday holat ta’sirida havo tepaga kuchli va tik tortila boshlaydi. U tez ko’tarilishi natijasida havoning yonlama oqimi paydo bo’ladi. Ushbu yonlama oqim — shamol tik oqim atrofida teskari yo’nalishda esa boshlaydi. Oqibatda havoning burama holida osmonga o’rlaydigan va yer yuzasida shiddat bilan ko’chib yuradigan ingichka ustunli uyurmasi paydo bo’ladi. U sodir bo’lganda markazdan itaradigan kuch havoni uyurmaning tashqi “devori”ga itqitib tashlaydi, markazda esa past bosimli joy hosil bo’ladi. U joy bosim keskin o’zgargani uchun vakkum nasosiga o’xshab qoladi. Quyunning eng xavfli joylaridan biri ham shundadir. U uylarning devorini osmonga so’rib tortib ketadi va uylar qumdan yasalgan imoratday sochilib ketadi. Uyurmani hosil qiladigan shamolning kuchi ham bundan kam emas. Ba’zan ularning tezligi soatiga 500 km.ga yetadi va yo’lida uchragan narsani yer bilan yakson qilib ketadi.
Manba
Mo’jiza kitobning 1-jildi
Uzpedia.uz