Quytosh Volfram-Molibden Koni
Quytosh volfram-molibden koni — Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumaniyaagi kon. Jizzax shahridan 45 km shim.-sharqda, Nurota togʻlarida joylashgan. Asosan, ter-rigen, kamroq karbonat jinslardan tarkib topgan. Konning markaziy qismini granitoid tarkibli Qoʻytosh intruzivi yorib chiqqan. Asosiy ruda qamrovchi jinslar kontaktli metamor-fizmda rivojlangan skarn va rogoviklardir. Skarn-rudali jismlar kontaktli, qatlamlararo va kesishgan morfologik tipdan tashkil topgan. Skarn-rudali jismlarning qalinligi 0,5–20 m (oʻrtacha 1 — 1,5 m), yoʻnalish boʻyicha uz. 50–300 m gacha, volframning uch oksidi 0,4—0,65%. Yoʻl-yoʻlakay uchraydigan komponentlardan mis (0,077%) va molibden (0,011%) mavjud. Skarnrudali jis-mlarning mineral tarkibi gedenber-gitli, vollastonit bilan birga gros-sulyar-gedenbergitli. Boshqa minerallardan koʻproq uchraydiganlari kvars, andezin, amfibol, kaltsit va ulardan tashqari sheyelit, molibdenit, pirrotin, pirit va boshqa Rudaning asosiy komponentlari volfram, molibden, mis va vismut. Turli bloklarda volfram 0,25 dan 0,4% gacha, molibden 0,023%, mis 0,077%. Sul-fidlarda vismut (0,5—1%), talliy (1,25 g/t), selen va tellur konsentratsiyada boʻladi. Hozirgi vaqtda konning asosiy zaxiralari oʻzlashtirilib boʻlingan. va 1998-yildan foydalanilmaydi.
uz.wikipedia.org