Quyosh toji
Quyosh toji — quyoshning tashqi, eng qoʻp choʻzilgan (Quyoshning bir necha dia-metriga teng) qatlami. Quyosh toji Quyosh gar-dishidan taxminan million marta xira boʻlib, Quyosh toʻla tutilishi paytida aniq koʻrish mumkin. Quyosh toji Quyosh faolligi maksimal yillarda simmetrik, minimal yillarda esa ekvator boʻylab choʻziq shaklda boʻladi. Quyosh toji spektrida koʻp marta ionlangan Gʻe, Sa, M§, S, O va 8 elemetlari atomlarining emission chiziqlari bor. Quyosh tojida barcha atomlar ionlangan. Quyosh tojining oʻrtacha temperaturasi 106Kdan yuqori va toj boʻylab sekin oʻzgaradi. Quyosh tojining tashqi qatlamlaridan fazoga yuqori energiyali zarra (proton, elek-tron)lar sochilib turadi va bu oqim kuyosh shamoli deb ataladi. Quyoshning faol sohalari ustida toj moddasi ancha quyuqlashgan boʻlib, temperaturasi 10’ K gacha boradi, rentgen hamda radionurlanish nihoyatda kuchli boʻladi, Quyosh toji baland togʻlarga oʻrnatilgan maxsus teleskoplar — koronograflar yordamida ham kuzatiladi.
uz.wikipedia.org