Quyosh Teleskopi




Quyosh teleskopi - Quyoshni ku zatish uchun moʻljallangan teleskop. Obʼyektivining diametri va fokus masofasi kichikroq boʻlgan ixcham Quyosh teleskopi quyosh tojini kuzatishga moʻljallangan koronograflar, interferension-polyarizatsion filtrli fotosferali va xromosferali teleskoplar (Quyoshni Nd vodorod chizigʻi yorugʻligida kuzatishga imkon beradi)dan iborat. yirik Quyosh teleskopi Quyosh yorugʻligini qoʻzgʻalmas teleskopga uzatadigan, harakatlanuvchi yassi koʻzgular tizimi bilan hamda Quyoshni tadqiq qilish uchun moʻljallangan turli asboblar (fotokameralar, yorugʻlikni fotoelektrik qabul qilgichlar, spektrograflar, magnitograflar) bilan jihozlanadi. Optik oʻqning yoʻnalishiga koʻra, Quyosh teleskopi gorizontal va minorali turlarga boʻlinadi. Zaryad aloqaga asoslangan matritsali Quyosh teleskopi ancha gakomillashgan. Shunday Quyosh teleskopi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya institutitsa bor.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz