Quyosh Sun'iy Yo'ldoshlari




Quyosh sunʼiy yoʻldoshlari , sunʼiy sayyoralar — Quyosh atrofidagi orbitaga chiqariladigan kosmik uchish apparatlari (KUA), Quyosh sunʼiy yoʻldoshlariy. ning harakati Quyosh sistemasidash barcha sayyoralar harakati singari Quyoshning tortishish kuchi bilan aniqlanadi. Kosmik apparat Quyosh sunʼiy yoʻldoshlariy. boʻlishi uchun unga Yerga nisbatan ikkinchi kosmik tezlik (11,2 km/sek) dan katta Quyoshga nisbatan 42,1 km/sek tezlik berilishi kerak.

Quyosh sunʼiy yoʻldoshlariy. 3 turga boʻlinadi: 1) geliotsentrik orbitada ilmiy texnik tadqiqotlar oʻtkazish uchun moʻljallangan KUA; 2) uchib oʻtadigan trayektoriya boʻylab harakatlanadigan sayyoralarni oʻrganish uchun moʻljallangan KUA. Ularning oxirgi geliotsentrik orbi-talari tekshirilayotgan sayyoraning tortishish maydoni taʼsiri ostida vujudga keladi; 3) sayyoralarni, sunʼiy yoʻldosh orbitasidan turib yoki bevosita sayyora sirtiga qoʻnib oʻrganish uchun moʻljallangan KUA. Bular gelio-sentrik orbitaga chiqariladi, lekin "Yer — sayyora" uchib oʻtish trassasida-gina Quyosh sunʼiy yoʻldoshlariy. rejimida uchadi, Quyosh sunʼiy yoʻldoshlariy. quyosh aktivligi, sayyoralararo magnit maydon, quyosh shamoli va boshqalarni oʻrganishda qoʻllaniladi (yana qarang "Venera", "Zond", "Luna", "Mariner", "Mars").



uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz