Quyosh Pechi
Quyosh pechi — materiallarni quyosh nuri yordamida eritish va ularga quyosh nuri issiqligi bilan ishlov berish uchun moʻljallangan qurilma. Gelioqu-rilmaning bir turi. Quyosh pechi qisqa fokusli geliokonsentrator, Quyosh nurini qabul qiluvchi qurilma (pech) va quyosh harakatini kuzatib boruvchi avtomatik tizim (qurilma oʻqini doimo Quyoshga qaraydigan qilib uzluksiz burib turadi) dan iborat. Qabul qilish qurilmasi geliokonsentrator fokusida joylashgan boʻlib, yorugʻlik oʻtkazuvchi tuynukli kameradan iborat. Kamera ichida vakuum va inert gazi atmosferasini yaratish mumkin. Koʻpgina Quyosh pechi Quyosh ketidan buriladigan oriyentator (quyosh nurini geliokon-sentratorga yoʻnaltirib beruvchi yassi oyna) bilan jihozlanadi.
uz.wikipedia.org