Quyosh paneli
Quyosh paneli- quyosh elementlarini bir-biriga ulagan holda [Quyosh]dan kelayotgan yorug'lik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beradigan qurilma. Boshqacha [Quyosh batareyasi] deb ham ataladi.
Tuzilishi
Quyosh paneli o'zaro ketma-ket va parallel ulangan quyosh elementlaridan iborat. Quyosh elementlari tashqi atrof-muhit ta'sirlaridan himoya qilish maqsadida bitta korpus ichiga joylashtiriladi. Quyosh modullarining tuzilishi quyosh elementlaring turi va qo'llanilishi joyiga qarab har xil qoplanadi. Masalan, amorf kremniyli quyosh elementlari odatda egiliuvchan qoplamaga mahkamlanadi, kremniyli quyosh elementlari masofadan turib manba sifatida ishlatilganida old qismi qalin shisha qoplamalar bilan qoplanadi.
Quyosh paneli materiallari
Ko'pgina quyosh panellari shaffof ustki qatlam, germetik, orqa qatlam va panelni o'rab turadigan ramkadan iborat bo'ladi.
uz.wikipedia.org