Quyonquyruq




Quyonquyruq — sigirquyruqdoshlarga mansub ikki yillik begona oʻt. Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Poyasi tik oʻsadi, boʻyi 30— 120 sm, kam shoxlaydi, ildiz oldi barglari choʻzinchoq, patsimon shapaloqli, yuqoridagilari nashtarsimon, arra tishli. Gullari sariq, shingil toʻpgulga yigʻilgan. Ildizi oʻqildiz. May — oktabrda gullab mevalaydi. mevasi sharsimon koʻsakcha. Urugidan koʻpayadi. Urugʻlari past va yuqori temperaturada ham qoʻkarib chiqaveradi. Alr. — mayda urugʻidan maysa, ildiz boʻgʻizidan nov-dalar paydo boʻladi. Beda, don ekinlari, gʻoʻza va boshqa chopiqtalab ekinlar orasida uchraydi. Bogʻlarda, uzumzorlarda, yoʻl yoqalarida va tashlan-diq yerlarda ham oʻsadi.

Kurash choralari: yerni chuqur haydash.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz