Quymuch




Quymuch — odamda yon-bosh suyagining Q. kosalarini hosil qilishda qatnashadigan qismi; tanasi va undan pastga davom etgan yuqori butogʻi bor. Ana shu butoq burchak shaklida pastki butoqqa oʻtadi; Q. suyagi ikkala butogʻining oʻzaro birlashgan joyi kengayib yoʻgʻonlashgan Q. doʻmbo-gʻini hosil qiladi. Q. suyagi tanasining orqa tomonidagi oʻtkir uchli oʻsiq bilan Q. doʻmbogʻi orasida Q.ning kichkina oʻymasi joylashgan. Q. hamda qov suyaklarining butoqlari oʻzaro bir-biri bilan qoʻshilib, kattagina tuxum shaklidagi yopqich teshikni vujudga keltiradi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz