Quyi tunguska




Quyi tunguska yoki Nizhnyaya Tunguska - RF Irkutsk -viloyati va Krasnoyarsk oʻlkasidagi daryo. Yeniseyning oʻng irmogʻi. Uz. 2989 km, havzasining maydoni 473 ming km². Lena — Angara suvayirgʻichidan boshlanib, Oʻrta Sibir yassitogʻligi boʻy-lab oqadi. Ostonalari bor. Asosan, qordan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyida 3680 m³/sek. Oktabrda muzlab, mayda muzdan boʻshaydi. asosiy irmoqlari: oʻngda — Kochechum, Vivi, Tutonchana, Severnaya; chapda — Nepa, Katta Yeryoma, Ilimpeya, Tay-mura, Uchami. Suvi koʻpayganda Tura shaharchasidan quyilish joyigacha kema qatnaydi. Quyilish joyida Turuxansk pristani joylashgan. Quyi Tunguska havzasida Tunguska koʻmir havzasi bor.

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz