Quyi shimoliy kaliforniya
Quyi shimoliy kaliforniya — Meksikaning shim.-gʻarbiy qismidagi shtat. Asosiy qismi Kaliforniya yarim orolning shimolida joylashgan. Maydoni 70,1 ming km. Aholisi 2,4 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Mexikali shahri Iqtisodiyotida yetakchi tarmoq — qishloq xoʻjaligi Sugʻorib dehqonchilik qilinadi. Chor-vachiligi goʻsht yetishtirishga ixtisoslashgan. Dengizdan baliq ovlanadi. Oziq-ovqat, sement, elektrotexnika sanoati korxonalari mavjud. Avtomo-bil yoʻllari shtatning shim.ni uning jan. qismlari bilan bogʻlaydi.
uz.wikipedia.org