Quyi Reyn Vestfaliya Ko`mir Havzasi
Rur koʻmir havzasi , Quyi Reyn Vestfaliya koʻmir havzasi — Germaniyadagi Rur daryosi (Reyn daryosining oʻng irmogʻi) sohilida joylashgan koʻmir xavzasi. 13-asrdan maʼlum, 19-asrning oʻrtalaridan faol ravishdaoʻzlashtirilgan. Maydonitaxminan 6200 km². Koʻmir karbon davriga mansub 125 koʻmir qatlamlarini tashkil qilgan, ulardan 30—40 tasi sanoat ahamiyatiga ega (qalinligi 0,8 – 4 m). Koks boʻladigan koʻmirlari 65% ni tashkil etadi. Rur koʻmir havzasih.da koʻmir yer osti usulida qazib olinadi. Koʻmirning sifati yuqori: oʻrtacha kulliligi 3—8%, oltingugurt 0,5—1,5%, yonish issikligi 36,2 MJ/kg. Umumiy zaxiralari (2000 m chuqurlikkacha) taxminan 214 mlrd. t, sanoat zaxiralari (1500 m chuqurlikkacha) 20,3 mlrd. t miqdorida baholangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org