Quyi Bo‘zsuv Geslari Kaskadi




Quyi boʻzsuv geslari kaskadi — Chirchiq—Boʻzsuv suv-energetika trak-/yaining quyi qismidagi GESlar maj-mui, unitar korxona. Kaskad Boʻzsuvning uz. 100 km boʻlgan energetika trak-tida Zangiota, Yangiyoʻl, Chinoz tumanlari hududida joylashgan. Umumiy quvvati 50,9 MVt boʻlgan 5(14-, 18-, 19-, 22-, 23-) GESdan iborat. GESlar Toshkent viloyatining Zangiota, Yan-giyoʻl, Chinoz tumanlaridagi sanoat korxonalarini va aholi ehtiyojlarini elektr energiyasi bilan taʼminlashga moʻljallab qurilgan. Kaskaddagi birinchi qurilgan 14-GES Zangiota tumanida joylashgan. Qurilish 1943-yil fevral

da boshlanib 1944-yil dekabrda ishga tushirilgan, 10,7 MVt quvvatiga ega boʻlgan 1 agregat oʻrnatilgan. 18-, 19-, 23-GESlar Yangiyoʻl tumanida. 18-GESning umumiy quvvati 7,0 MVt boʻlib, har biri 2,34 MVt quvvatli 3 ta agregatga ega (2 agregati 1949-yilda, 3-agregati 1951-yilda ishga tushirilgan). 19-GES 1950-yilda ishga tushirilgan. Umumiy quvvati 11,2 MVt (5,6 MVt quvvatiga ega boʻlgan va Germaniyada ishlab chiqarilgan 2 ta ag-regat). 23-GES 1954-yilda ishga tushirilgan. Urnatilgan quvvatlar 17,6 MVt (8,8 MVt quvvatli, Shvetsiyaning "Noxab" firmasida ishlab chiqarilgan 2 ta turbinali agregat); 22-GES Chinoz tuma-nida joylashgan, quvvati 4,4 MVt (2,2 MVt quvvatga ega boʻlgan 2 agregat). 1954-yilda ishga tushirilgan. GESlar ishini boshqarishni markazlashtirish maq-sadida 1955-yilda ular bir kaskadga biriktirilib, Q.B. G.K. tashkil etilgan. Uning tarkibidagi barcha GESlar 19-GESdan avtomatik boshqariladi. 2003-yilda kaskad styalarida 233,7 mln. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.



uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz