Quvomiddin Munirov
Quvomiddin Munirov (1928-yil Toshkentda tugʻilgan — 2012-yilda vafot etgan) — sharqshunos, filolog, eronshunos, tarix fanlari nomzodi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.
SAGU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetining 1949-yil bitiruvchisi.
Faoliyati
Ilmiy yoʻnalishi
100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir qancha Xalqaro ilmiy konferensiyalar ishtirokchisi: Sharqshunoslarning XXV Xalqaro Kongressi (Moskva, 1960); yozma yodgorliklarni oʻrganish boʻyicha Xalqaro simpozium (Kobul, 1967); Toshkent, Samarqand, 1996; Toshkent, 1997, 1998; Urganch, 1999; Rishton, 2000 xalqaro anjumanlar ishtirokchisi. Hukumat orden va medallari bilan taqdirlangan.
Asosiy ilmiy ishlari
Nomz. diss. mavzusi: „Munis, Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlari — Oʻrta Osiyo tarixi boʻyicha manba sifatida“. — Toshkent, 1961 (monografiya boʻyicha).
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org