Quvib o'tish
Quvib o‘tish — bu transport vositasining egallagan harakatlanish boʻlagidan chiqib, oldinda ketyotgan transport vositalaridan o‘zib ketishidir. Yonma-yon bo‘lakdagi transport vositasidan o‘zib ketish yoki toʻxtab turgan transport vositasitalaridan aylanib o‘tish quvib o‘tish hisoblanmaydi.
Quvib o‘tish — bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish uchun mo‘ljallangan tasmaga chiqib, so‘ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zib ketish .
Haydovchi quvib o‘tishni boshlashdan oldin eʼtiborga olishi shart
Chap yoki o‘ngdan quvib o‘tish tartibi
Relssiz transport vositalarini faqat chap tomondan quvib o‘tishga ruxsat beriladi. Chapga burilish ishorasini berib, burilishga kirishgan transport vositasini quvib o‘tish o‘ng tomondan amalga oshiriladi.
Quvib o‘tilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakat tezligini oshirish yoki boshqa xatti-harakatlar bilan quvib o‘tishga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi. Quvib o‘tishni tugallagandan so‘ng o‘ng tomondan ruxsat etilgan quvib o‘tishdan tashqari hollarda haydovchi ilgari egallagan harakatlanish bo‘lagiga qaytishi shart.
Biroq ushbu yo‘nalishda harakatlanish uchun ikki yoki undan ortiq bo‘lak bo‘lsa, quvib o‘tayotgan haydovchi o‘zi egallagan bo‘lakka qaytgani zahoti keyingi quvib o‘tishni boshlashiga to‘g‘ri keladigan hollarda, agar u orqada o‘zidan katta tezlikda harakatlanayotgan transport vositalariga xalaqit bermasa, egallagan bo‘lagida harakatlanishni davom ettirishi mumkin.
Aholi punktlaridan tashqaridagi yo‘llarda katta hajmli yoki katta hajmda yuk tashiyotgan, shu bilan birga sekin harakatlanyotgan avtomabillarni quvib o‘tish qiyin bo‘lgan vaziyatlarda ushbu transport voitalarining haydovchilari o‘z avtomabillarni iloji boricha o‘ngga olishi, zarur holatlarda esa ortida to‘planib qolgan avtomabillarni o‘tkazib yuborishi uchun to‘xtashi lozim.
Quvib o‘tish taqiqlanadi:
piyodalar o‘tish joylarida piyodalar bo‘lganda;
tepalikning oxirida va yo‘lning ko‘rinishi cheklangan joylarida qarama-qarshi harakatlanish yo‘nalishiga chiqqanda;
Manbalar
uz.wikipedia.org