Qutbiddin Muhitdinov (1906-1983)



Qutbiddin Muhitdinov (1906.19.11 — Samarqand viloyati Urgut tumani — 1983.17.12) — matnshunos, manbashunos, lug‘atshunos olim. Filologiya fanlari nomzodi (1972).

1956—61 yillarda Tojikiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida, 1961—1982 yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot hamda Sharqshunoslik institutlarida katta ilmiy xodim bo‘lib ishlagan.

Qutb, S. Saroyi, Xo‘jandiy asarlarining zamonaviy imloda nashr etilishiga, Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘atini tuzish, izohlash va undagi arabcha, forscha so‘zlarni, murakkab baytlarni sharhlashga katta hissa qo‘shgan. Mahdiyxonning turkiycha-forscha «Sangloh» lug‘ati ustida ish olib borgan.



Uzpedia.uz