Qutbiddin Burxonov
Qutbiddin Nukriddinovich Burxonov (1947-yil 17-dekabr, Andijon) — oʻzbekistonlik yurist, pedagog va davlat arbobi, general-mayor. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi.
Biografiyasi
1965-1969 — Andijon shahridagi 162-sonli qurilish tresti ishchisi, uchastka mexanigi.
1969-1973 — Toshkent militsiya maktabi tinglovchisi.
1973-yildan 1992-yilgacha Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida tergov boʻlimi tergovchisi lavozimidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari — tergov boʻlimi boshligʻigacha boʻlgan lavozimlarda ishlagan.
1992—1993-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov boshqarmasi boshligʻi.
1993—1995-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.
1995—1997-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.
1997-yil sentyabrda nomaʼlum sabablarga koʻra egallab turgan lavozimidan boʻshatilgan. Keyinchalik, 20 yil davomida oliy taʼlim muassasalarida pedagogik faoliyatini olib borgan.
2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining matbuot kotibi etib tayinlandi.
2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga oʻtib, bir yil davomida yuristlar malakasini oshirish instituti direktori boʻlgan.
2020-yil 20-yanvar kuni Oʻzbekiston prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi etib tayinlangan.
Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga oʻzgartirish kiritish boʻyicha komissiya aʼzosi.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist faxriy unvoni, Oʻzbekiston belgisi nishoni, Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan.
Manbalar
uz.wikipedia.org