Qushlar nima uchun o’z hududlarini nazorat etadilar?
Bir joyda g’uj bo’lib yashaydigan va uyalarini ham bir daraxtga quradigan qushlar mavjud. Ammo ayricha yashashga harakat qiladigan qushlar ham bor. Uya qurilgan joy va uning atrofini qushlar o’z hududlari deb hisoblaydilar va uni astoydil qo’riqlaydilar. Misol uchun, kattaligi jihatdan chumchuqday keladigan, ko’zining ustida oq yo’li bo’lgan kichkina qamish chumchug’i o’z hududiga hatto avloddoshi bo’lgan dehqonchumchuqning kirishiga aslo yo’l qo’ymaydi. Ular o’rtasida chiqadigan dahanaki jang tufayli qanotlaridan asar ham qolmaydi. Qamish chumchug’i nazorat qiladigan hudud ancha katta, shu bois ularning uyalari bir-birinikidan ancha uzoqda joylashadi. Odatda, bir kvadrat kilometrda bu murosasiz qushlarning barmoq bilan sanoqli uyasi bo’ladi. Murosasizlikda qamish chumchug’i yagona emas. Makiyonlari tuxum bosgan yoki jo’jalarini parvarishlayotgan payti o’z “qarindoshlariga” toqatsiz bo’lgan qushlar sirasiga penochka-vesnichka, pishchuxa, popolzen, zyablik, qizilishton ham kiradi. Buning sababi oddiy. Doimo ovqat so’raydigan polaponlarini ovqatlantirish paytida ota-onalari ovqat izlab uyadan uzoqqa ketolmaydi va ozuqani “o’z” hududlaridan topish payida bo’ladilar. Oddiy sharoitlarda, o’rmonlarda kulrang muxovkaning uyasi, masalan, bir-birinikidan 15 metrlar, ola-bula uzunquyruqniki 20 metrlar uzoqlikda bo’ladi. Jajji jiblajibonlar o’z uyalarini bir-birinikidan hech qachon 35 metr, chittak-otaxonlar 50 metrdan kam qilib qo’ymaydi. Qizildum chumchuqlar bir-biridan ancha uzoq yashaydi va o’z uyalarini boshqalaridan taxminan 70 metr olisda qo’yadi. Bundan ham kattaroq — pishuxalar 100 metrga yaqin, popolzenlar 150 metr — hududni “egallab” oladilar. Qizilishtonlar 160 metr kattalikdagi o’z hududiga boshqa qizilishtonlarning kirishiga ruxsat etmaydi.
Manba
Mo’jiza kitobning 1-jildi
Uzpedia.uz