Qusar tumani




Qusar tumani — Ozarbayjon Respublikasıdagi maʼmuriy hududlardan biri. Maʼmuriy markazi Qusar shahridir.

Tarixi



Qusar — „otliq qoʻshin turi“ maʼnosini beradi. İlk bor Qusar nomi Mojarıstonda 1458- yilda ishlatilgan. Rossiyada esa 1917-yilda bu soʻz muomalada boʻlgan. Olimlarning olib borgan tadqiqotlariga koʻra, arxeologik qazishmalar natijasida topilgan ashyolar, bu kunga qadar saqlanib qolgan baʼzi obidalar va qoʻrgʻonlar Qusar rayoni qadimgi yashash manzilohlardan biri boʻlganligidan darak beradi. Qusar rayoni yashash manzilgohining e.a. II mingyilliklarda mavjud boʻlganini olimlar taxmin qilishadi. Bu yerda mavjud boʻlgan qadimiy yashash maskanlaridan e.a. I mingyillikka oid Mahmudtepa (Gadozeyxur), Minsar tepaliklari, Gavdishan tepaligi (Badirqal’a), bronza davriga oid Qafla tepaligi, oʻrta asrlarga oid Qızılgul va Agʻaxon tepaligi (Ashagʻı Lagar), Qalaxoʻr tepaliklari (Hazra) va boshqalarni koʻrsatish mumkin.

Hozırgi Qusar rayonining hududi 1840-yilda Quba tarkibidagi Xazar viloyatiga tegishli boʻlgan. 1846-yilda uning hududi Darband guberniyasınıng tarkibiga, 1860-yilda esa Baku guberniyası tarkibiga kiritilgan. 1929-yilda Quba mintaqasi bir necha rayonlarga boʻlindi va markazi Hil kenti boʻlgan hozirgi Qusar rayoni tashkil etildi. Qusar rayonining tashkil etilish rasmiy sanasi 1930- yil deb koʻrsatilgan. 1934-yilda rayon markazi Qusarga koʻchirilgan boʻlib 1938-yildan unga shahar maqomi berilgan. 1963-1965-yillarda bekor qilingan Xachmaz rayonining bir qismi Qusar rayoni tarkibiga berilgan.

Etimologiyası



Qusar toponimining kelib chiqishi haqida turli fikrlar mavjud.

Baʼzi mualliflar Qusar toponimini Rossiyaning 1783-1784-yillarda rayonning hududida joylashgan Qusar otliq askarlari bilan aloqador sifatida bogʻlaydilar. Bu vaqtda „qusar“ soʻzi rus tilida „mojar formasini kiygan otliq qoʻshinlari“ maʼnosida ishlatilgan.

Qusar soʻziga A.Bakıxanovning „Gulistoniy-Eram“ asarida duch kelamiz. Asarda 1602-yil hodisalari haqida soʻz yuritalganda Qusar kentining nomi tilga olib oʻtilgan.

Boshqa bir mulohazalarga koʻra esa Qusar soʻzi qus/quz (qadim turk qabilasi) va ar (odam, kishi, erkak) qismlaridan tashkil topgan „quzlik kishi“ maʼnosida ishlatilgan.

Strabon va Heredotning maʼlumotlariga koʻra esa hozirgi Qusar hududida „kas“ qabilalari yashagan. Keyinchalik „kasar“ (kaslar) „ktsar“ shaklida deformasiyaga uchragan.

Baʼzi mualliflar esa Qusar soʻzini „gutsar“ (Lazgi tilida „гъуцар“ „Tangrılar“ maʼnosını anglatadi) soʻzi bilan aloqador deb keltiradilar.

Geografik joylashuvi



Qusar rayoni geografik joylashuviga koʻra Ozarbayjonnıng „Shimoliy darvozasi“ hisoblanadi. Ozarbayjonnıng shimoliy-sharqiy qismida joylashgan. Qusar rayonining maydoni 1542 km ni tashkil etadi. Rayon hududi tarkibiga 1 shahar (Qusar), 1 shaharcha (Samur), 88 kent (qishloq) kiradi. Qusar rayoni sarhadlarining uzunlugi 255 km. Uning 170 km-ini quruqlik, 45 km-ini esa suv (Samurdaryo va Qusardaryo) tashkil etadi. Rayon shimoli-gʻarbdan Rossiya Federasiyası (Dogʻıston)(95 km), shimoli-sharqdan Xachmaz rayoni (65 km), janubi-sharqdan esa Quba rayoni (70 km), janubi-gʻarbdan esa Qabala rayoni (25 km) bilan chegaradoshdir. Markazi Qusar shahri hisoblanadi. Janubi-gʻarbiy qismi togʻlik, markazi tekislik, shimoli-sharqiy qismi Samur-Davachi vodiysi hisoblanadi. Rayonning janubi-gʻarbiy chegarasi Bosh Kavkaz togʻ tizmalari bilan tutashib ketgan. Hududning balandligi 100 metrdan 4466 metrga qadarga choʻzilgan. Respublikadagi muzliklarning kattagina qismi Qusar rayoni hududida joylashgan. Samur va Qusardaryo daryolari Qusar rayoni hududidan oqib oʻtib, u asosan qor va muzliklardan toʻyinadi. Rayonning Xazar dengizi bilan chegarasi yoʻq. Xazargacha boʻlgan masofasi 15 kmni tashkil etadi.

Relyefi



Qusar rayoni Buyuk Kavkaz togʻlarining etaklarida, Qusar qiyalik tekisliklarida joylashgan. Ozarbayjonnıng eng baland nuqtalari Bazarduzi (4466 m) va Shohtogʻ (4242 m) hisoblanadi. Shuningdek, mashhur Shohnobod platosi ham Qusar rayoni hududida joylashgan. Samur-Absheron kanalı, Qusardaryo, Samur daryosi, shuningdek Rossiyaga ketadigan bosh avtomobil magistralı rayon hududidan oʻtadi.

Rayonning shimoliy chegarasi Samur daryosi, shimoli-gʻarb, gʻarb va janubi-gʻarbiy sarhadlari Buyuk Kavkaz togʻ tizmalari, janub sarhadlari esa Qusardaryo vodiysiga tutashib ketgan. Sharq tomondan sarhadlari Qusar tekisligi bilan Şollar tekisligiga qadar boʻlgan hududga choʻzilib ketgan.

İqlimi



Ozarbayjonda mavjud boʻlgan 9 iqlim turidan 4 tasini Qusar rayoni hududida uchratish mumkin. İqlimi tekislik va togʻoldi qismida iliq, baland togʻli qismida sovuq va tumanlidir. Oʻrtacha temperatura yanvarda tekislikda 1 °C, baland togʻli qismida −14 °C, iyulda 24 va 2 °Cni tashkil etadi. Yillik yogʻin miqddori 350-1500 mmdir.
Rayon hududi tabiiy resurslarga boy. Bu yerda qalin oʻrmonlar koʻp. Oʻrmonlarda eman, qayragʻoch, dub, grab va boshqalar uchraydi.

Aholisi



Aholisining aksariyatini (91 %) lezginlar tashkil etadi. Rayonda son jihatidan ikkinchi oʻrinda ozarbayjonlilar(9 %) turadi.

İqtisodiy xarakteristikası



2009-yildan Qusar rayoni hududida Shohtogʻ Qısh-Yoz Turizm Kompleksining qurilish ishlari boshlangan. Kompleks bir martaga 5 ming nafar turistni qabul qila oladi. 2006-yilda eʼlon etilgan tenderda Turkiyaning DİA Holdinq shirkati gʻolib boʻlgan.

Taniqli shaxslari




Madaniyat va taʼlim muassasalari




Ozarbayjon musiqasi oʻzining jozibadorligi va malohatli ohanglari bilan dunyoga tanilgan. Har bir hududning oʻziga xos musiqasi mavjud.

Bu jihatdan Qusarda ham musiqa ohang va uslubi bilan boshqalardan ajralib turadi. Oʻtgan asrning 60-yillaridayoq musiqaning ilmiy asoslarini oʻrganish va mahalliy kadrlarni tayyorlash boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Musiqaning inson hayotida tutgan oʻrni beqiyosdir. Qusar rayonida musiqaga alohida eʼtibor qaratiladi. Maʼlumki musiqa insonga ruhiy jihatdan taʼsir qiladi. Bu yerda isteʼdodli musiqachilarga alohida eʼtibor qaratiladi.

Qusar shahrida 7 yillik musiqa maktabi Ozarbayjon SSSR Madaniyat vazirligining 1960 yil 3 avgustdagi 596 nomerli qarori bilan tashkil etilgan. Shu qaror bilan Oqtoy Mammad oʻgʻli Allahberdiyev maktabning ilk direktori hamda Tor ixtisosligi boʻyicha muallim lavozimiga tayinlandi.

Madaniyat vazirligining 1960 yil 3 avgustdagi 714 nomerli qarori bilan „Fortapiano“ ixtisosligi boʻyicha muallim etib Bachkova Lidiya İvanovna tayinlandi. Bu Tor va Fortapiano ixtisosligi boʻyicha dastlabki musiqa maktabidir. İlk yillarda maktab uchun hozirgi Faxriddin Musayev koʻchasidagi bir vaqtlar madaniyat uyi sifatida faoliyat olib borgan bir qavatli yogʻochdan qurilgan binodan ikki xona ajratilgan. Keyinchalik madaniyat uyi Haydar Aliyev prospektida hozirgi binosi joylashgan, avvalari shahar mehmonxonasi boʻlgan manzilga koʻchirilgan.

Musiqa maktabi faoliyat koʻrsatgan dastlabki yillarda mahalliy kadrlar yetishmas edi. Chetdan kelganlar esa doimiy ishlamas edi. Shuning uchun 1967 yildan eʼtiboran taʼlim maskani rahbarlari ilk bitiruvchilardan Liza Akimova , Abdulkarim Seyidov, Baxtiyor Babayev, Tanya Sırıseva , Xanlar Valimatov , Vidadi Mammadov kabilarni Fortapiano va Tor ixtisosligi boʻyicha bir yil muddatga ishga jalb qilishdi. Musiqa taʼlimini oʻrta maktablarda bitirgan oʻquvchilarning aksariyati oliy va maxsus ixtisoslashtirilgan maktablarda tahsilni davom ettirishni istar edi. Butun umrini musiqaga bagʻishlagan yoshlar oz emas edi.

Musiqa ilmiga qiziquvchilarning tobora ortib borishi natijasida yangi sanʼat binosiga ehtiyoj sezildi. Madaniyat vazirligi va rayon rahbariyatining tashabbusi bilan yangi musiqa maktabi binosi uchun Mammad Amin Rasulzodə koʻchasidan 6300 km² hudud ajratildi va ikki qavatli bino bunyod etildi.

Yangi bino zamonaviy moddiy-texnik asboblar bilan taʼminlandi. Bu yerda garmon, doira, klarnet, chang, baraban kabi yangi yoʻnalishlar ochildi. Shi bilan birga oʻqituvchi kadrlar saviyasiga ham alohida eʼtibor qaratildi. Buning uchun ularning sirtqi taʼlim olishlari majburiy qilib qoʻyildi. Ular Sumqayıt, Darband oʻrta ixtisoslashtirilgan maktablarda sirtdan tahsil olardilar.

Bakuda boʻlib oʻtadigan barcha tanlovlarda Qusar musiqa maktabi jamoasi muntazam ishtirok etardi.

Musiqa fanlari doirasida yangi yoʻnalishlar (xoreografiya, rassomchilik) hisobıga kengaygan bu musiqa maktabi 1984 yilning sentyabrıdan eʼtiboran „Sanʼat maktabi“ deb nomlandi.

Musiqaga havasmandlarning koʻp ekanligi, ota-onalarning murojaatlari oʻlaroq Respublika Madaniyat vazirligining koʻrsatmasi bilan 1988 yilning sentyabrıdan boshlab Quxur kentida Qusar Sanʼat maktabining filiali sifatida kechki boʻlimi ochildi.

Keyingi yillarda maktabda yangi fanlarning soni ortdi, yangi boʻlimlar ochildi. 1998 yilda „Skripka“ sinfi tashkil etildi. 2008 yilda esə Ozarbayjon Respublikası Madaniyat va turizm vazirligi ruxsati bilan „Xonandalik“ boʻlimi ochildi.

Hozırda Qusar rayon bolalar Sanʼat maktabida 10 ta ixtisoslik boʻyicha 373 nafar oʻquvchi taʼlim olib, ularga 95 nafar oʻrta va oliy maʼlumotli muallimlar saboq beradi.

Musiqa hayotımızning ayrilmas va tarkibiy qismi boʻlib, insonlarning maʼnaviy ehtiyojlari uchun muhim oʻrin tutadi. Qusar Sanʼat maktabi bu sharafli yoʻlning boshida turibdi.

Moddiy-madaniy merosi



Rayon hududida bir qator tarixiy obidalar mavjud. Rayonning Anigʻ qishlogʻida XIII asrga oid qal’a devorlarınıng qoldiqlari saqlanib qolgan. Shuningdek, Hazra qishlogʻidaki 1460-yilda Shirvonshoh I Xalilullohning qoʻshinlari bilan urushda halok boʻlgan va shu yerda dafn etilgan Ardabil shayxi Shayx Junaydin qabri ustida 1544-yilda bunyod etilgan maqbara, XVIII asrga oid Koʻhna Xudat, Xuray, XIX asrga oid Hil, Kunduzqal’a va Hasanqal’a masjidlari bugungi kunda davlat muhofazasiga olingan qadimiy tarixiy obidalar uning qadimiy maskanlardan biri ekanligidan darak beradi.

Fotosuratlar




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz