Quruvchilar kuni




"Quruvchilar kuni" qurilish sanoati xodimlarining kasb bayrami hisoblanadi.

„Quruvchilar kuni“ har yili avgust oyining ikkinchi yakshanbasida Rossiya (sobiq Ittifoq SSR) va sobiq Sovet Ittifoqi respublikalari boʻlgan boshqa baʼzi mamlakatlarda nishonlanadi.

1955-yil 6-sentyabrda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining "Har yili „Quruvchi kuni“ bayramini belgilash toʻgʻrisida"gi Farmoni eʼlon qilingan.

Bayram oʻzining paydo boʻlishi uchun KPSS Markaziy Qoʻmitasining Birinchi kotibi N. S. Xrushchev „Jiguli“ GESi qurilishidan xursand boʻlgach ushbu SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining Farmoniga imzo chekkan.

1956-yil 12-avgustda Sovet Ittifoqining qurilish sanoati xodimlari birinchi marta oʻzlarining kasb bayramlarini nishonlashgan.

SSSR parchalanganidan keyin ham „Quruvchi kuni“ kasb bayrami har yili avgust oyining ikkinchi yakshanbasida Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Armaniston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston da nishonlanadi.

2011-yildan beri Rossiya Federatsiyasi Mintaqaviy rivojlanish vazirligining qarori bilan Rossiyada Quruvchilar kuni federal bayram deb eʼlon qilingan.

Havolalar



SSSR mavjud boʻlgan davrda yirik obyektlarning ochilish marosimi koʻpincha „Quruvchilar kuni“ga toʻgʻri kelardi. Ochilish marosimi bayramning oʻzida yoki undan bir-ikki kun oldin yoki undan bir-ikki kun keyin oʻtkazilgan. Xususan, SSSR shaharlari metrolarida:

2009-yil 9-avgust Moskvada „Quruvchilar kuni“ keng miqyosda nishonlangan. „Manej“ markaziy koʻrgazmalar zalida konsert bilan bayram kechasi tashkil etilgan hamda unda shahar hokimi Yu.M.Lujkov va uning birinchi oʻrinbosari V.I.Resin boshchiligidagi poytaxt qurilish majmuasining butun rahbariyati ishtirok etgan. 2007-yilda rekonstruktsiyasi 10 milliard rublga teng boʻlgan Tsaritsindagi saroy majmuasi asosida yaratilgan sahnada Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Tamara Gverdtsiteli (yangi „Narvon“ qoʻshigʻi bilan) va boshqa sanʼatkorlar chiqish qilishgan.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz