Qurut




Qurut — suzmani yongʻoqdek-yongʻoqdek yumaloqlab, 2—3 kun oftobga qoʻyib, quritib tayyorlanadigan mahsulot. Maʼlum miqdordagi suzma (1 kg) ga tuz (1 osh qoshiq) qoʻshib yaxshilab aralashtiriladi. Ayrim joylarda qurutga quritilgan xushboʻy koʻkatlar, rayhon, jambil barglari, tuyilgan qizil qalampir qoʻshiladi. Quritilayotganda qurutning ustiga chang tushmasligi uchun doka yopib qoʻyiladi. Tayyor qurutlar surp xaltachalarda saqlanadi.

Oʻtmishda baʼzi dehqonchilik hududlarida yetilib pishgan shirin qovunning eti aralash sharbatiga un solib qaynatib pishirilgan va hosil boʻlgan quyulgan massa qoshiq bilan boʻlaklanib, oftobda quritilgan. Bunday shirinlik qovunqurut deb atalgan.

Yana qarang




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz