Quruqsoy




Quruqsoy  — Samarqand viloyati Payariq tumanidagi soy. Uz. 46 km, havzasining maydoni 296 km². Nurota tizmasining janubi-gʻarbiy yon bagʻridan boshlanib, shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa tomon oqadi. Toʻsunsoyga quyiladi. Soy oʻzani shagʻal va xarsang toshlar bilan qoplangan. Asosan, yer osti, shuningdek, qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Bahorda suvi toshadi (yillik oqimning 80% oqib oʻtadi). Quruqsoyga Qoratepa, Chormitan soylari kelib quyiladi. Suvi Payariq tumanining ekin maydonlarini sugʻorishga sarf boʻladi.

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz