Qurt Boqish




Ipak qurti boqish - tabiiy ipak i. ch. yoki ipak kurti tuxumi olish maqsadida ipak qurtini oziqlantirib, parvarish qilish. Ipak. qurti. boqish. 23—25 kun davom etadi va 3 davrga boʻlinadi: bi-rinchi davri — 1-, 2- va 3-yoshdagi qurtlarni boqish; ikkinchi davri — 4-yoshdagi qurtlarni boqish; uchinchi davri — 5-yoshdagi qurtlarni boqish. I. q. b. pechka, ventilyator oʻrnatilib, 4% li formalin eritmasi bilan zararsizlantirilgan qurtxonalarda yoki maxsus yorugʻ binolarda amalga oshiriladi, ipakchilik asbob-uskunalari ham zararsizlantiriladi, soʻngra qurtxonalarga oʻrnatiladi.

Ipak qurti tuxumini maxsus bino — inkubatoriyada jonlantiriladi (qarang Ipak kurti tuxumi inkubatsiyasi). Jonlangan qurtlar qurtxonalardagi soʻkchaklarga joylanadi. 1—2 yoshlarida kurtlarga tut daraxti bargi 5–7 mm kenglikda mayda qilib qirqib beriladi. 1- va 2-yoshdagi qurtlarga sutka da-vomida 8—10 marta barg beriladi. 3 yoshida butun barg , 4—5 yoshlarida bargli bir yillik novdalar beriladi. Kurtlarga har kuni 1—3 yoshlarida 10—12 marta (jumladan 2—4 marta kechasi), 4 yoshida 6—8 marta, 5 yoshida 4—6 marta barg solinadi. Qurtlar hayoti davomida 4 marta uxlaydi (pust tashlaydi) va 5 yoshga kiradi. Kurtlarning hammasi uy-kuga kirgach, ularga barg berilmaydi.

Kichik yoshlarda uyqu 12—16 soat, katta yoshlarida esa bir sutkaga yaqin davom etadi.

Bir kuti qurtlar oʻz hayoti davomida oʻrta hisobda 1000–1200 kg barg isteʼ-mol qiladi. Qurtlar berilgan barglarning hammasini yeb ulgurmaydi. Soʻkchaklarda koʻplab novda, yeyilmay qolgan barg krldikdari, ekskrementlar (axlati) toʻplanadi. Bu chiqindilar oʻz vaqtida olib tashlanmasa, qurtxonalarda kasalliklar tarqalishi mumkin. Shuning uchun soʻkchaklarda barg qoldikdari 2—3 yoshlarida 1 marta, 4— 5 yoshlarida 2—3 marta tozalanadi. Qurtlarni quyidagi haroratda boqish tav-siya etilgan: 1-, 2- va 3-yoshlarda 26— 27°, 4-yoshda 25—26°; 5-yoshda 24—25°; pilla oʻrash davrida 25°. Qurtlar bir meʼyorda oʻsishi va rivojlanishi uchun bir quti qurt uchun 1—3 yoshdagi kurtlarga 12—15 m2, 4 yoshdagiga 25—30 m2, 5 yoshdagiga 60—70 m2 joy boʻlishi ke-rak. Ipak qurti pilla oʻrashdan oldin har bir quti qurtlarga 250—350 dona tabiiy oʻtlar yoki poxoldan yasalgan dastalar qoʻyiladi; qurtxona harorati 25—26°, namligi 65—75% boʻlishi ke-rak. Qurtxonalarni shamollatib turish zarur. Qurtlar 3—4 kunda pilla oʻrab boʻlgach, 7—8 kundan soʻng pillalar das-talardan terib olinadi va pilla quri-tish-tayyorlash punktiga topshiriladi. Klara Solihova, Homidiy Homid ibn Soqiy.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz