Qur’oni Karim nashri uchun Qirol Fahd nomidagi majmua
Qur’oni Karim nashri uchun qirol Fahd nomidagi majmua (arabcha: مجمع الملك فهد لطباعة المصحف الشريف Mujammaʼ al-Malik Fahd li-tabaʼat al-Mushaf ash-Sharif) — Saudiya Arabistoni Madina shahridagi arab va boshqa tillarda Qur’on va boshqa diniy kitoblar ham nashr qiluvchi bosmaxona.
Majmua Madinaning shimoli-gʻarbiy chekkasida joylashgan. Uning poydevori 1982-yilda qirol Fahd tomonidan qoʻyilgan va 1984-yilda ochilgan. Majmuaning umumiy maydoni 250 ming m². U bosmaxonadan tashqari turar-joy va texnik binolar, masjid, kutubxona, tibbiy yordam punkti va boshqa binolarni oʻz ichiga oladi. Muassasa xodimlari soni 1100 kishini tashkil etadi, shundan 87% Saudiya Arabistoni fuqarolari.
Ayni paytda Qirol Fahd majmuasida yiliga 18 millionga yaqin Qur’on, uning tarjimalari va boshqa diniy kitoblar chop etilmoqda. Ochilganidan beri jami 300 milliondan ortiq kitob chop etilgan. Butun dunyodan millionlab ziyoratchilarga Saudiya Arabistoni Qirolining sovgʻasi sifatida Qur’oni Karimning bepul nusxalari topshirilgan.
Majmua qoshidagi Tarjima markazi tomonidan Qur’onning 72 ta tarjimasi nashr etilgan, ulardan 39 tasi Osiyo, 16 tasi Yevropa va 17 tasi Afrika tillarida. Majmua veb-saytida arab tilida oʻqish, uning tarjimalari va sharhlarini oʻqish, Qur’on mutolaasini tinglash, matn qidirish, qadimiy qoʻlyozmalar tasvirlarini koʻrish mumkin.
Majmuada nashr qilinayotgan „Madina nusxasi“ deb ataluvchi Qur’oni Karim (arabcha: مصحف المدينة النبوية) xattot Usmon Toha tomonidan yozilgan. Ushbu nusxaning Qur’onning asl qoʻlyozmalariga aniq muvofiqligi Paygʻambarimiz masjidi imom-xatibi Ali ibn Abd ar-Raxman al-Xuzayfi boshchiligidagi komissiya tomonidan tekshiriladi.
Ishlab chiqarish hajmi
2007-yildagi statistika:
Manbalar
uz.wikipedia.org