Qurmangʻazi (tuman)





Qurmangʻazi tumani  — Atirau viloyatining shimoli-gʻarbida joylashgan. Tuman 1928-yili tashkil topgan. Maydoni — 20,8 ming km². Aholisi 2010-yil 1-yanvarda 59,2 ming kishini tashkil qildi. Tumanning maʼmuriy markazi — Ganyushkin qishlogʻi.

Hududiy boʻlinishi




Geografiyasi



Qurmangʻazi tumani gʻarbida Rossiyaning Astraxan viloyati bilan, shimolida Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatining Boʻkeyoʻrda va Janaqala tumanlari bilan, sharqida Atirau viloyatining Isatay tumani bilan chegaradosh; janubini Kaspiy dengizining suvi yuvib turadi. Tumanning shimoliy hududi dengiz sathidan 3 m baland boʻlsa, janubi dengiz sathidan 25 – 27 m pastlikda.

Asosiy foydali qazilmalari



Foydali qazilmalaridan neft va gaz, qurilish materiallari, ohaktosh, gʻisht quyadigan soz bolchiqlar mavjud.

Iqlimi



Iqlimi keskin kontinentalli, yanvar oyining oʻrtacha harorati −8 °C, iyulniki +21 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 100 – 150 mm.

Aholisi



Tuman aholisining asosiy qismini qozoqlar tashkil qiladi (96,4 %). Aholining oʻrtacha zichligi har 1 km²-ga chaqqanda 2,7 kishidan toʻgʻri keladi.

Ijtimoiy soha



Tumanda 16 ta oʻrta, 10 asosiy maktab, musiqa, sport maktablari, kasbiy-texnik maktab, 36 klub, 40 ta kutubxona, tuman kasalxonasi, shifoxona, 19 ta feldsher-akusherlik, 37 ta feldsherlik punkt bor.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz