Qurilish Materiallari Sanoati
Qurilish materiallari sanoati — uy-joy qurilishi, sanoat, qishloq xoʻjaligi va boshqalardagi qurilish sohalari uchun qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sanoat. Bir qancha tarmoqlarni oʻz ichiga oladi. Sement, asbest-sement shiferi, asbest-sement quvurlari, devor materialari (gʻisht), ohak, gips, deraza oynalari, yumshoq yopma materiallar, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, bezak hamda pol uchun sopol (keramik) plitalar, isitgich radiatorlar va konvektorlar, chinni-fayans sanitariya-qurilish buyumlari, linoleum, yigʻma temir-beton konstruksiyalar va detallar, noruda qurilish materiallari (maydalangan, chaqilgan tosh, qum, shagʻal, qum-shagʻal aralashmasi) va boshqa Qurilish materiallari sanoatis.ning asosiy mahsulotlari hisoblanadi.
Qadimda gʻisht, cherepitsa, sopol plita, sopol vodoprovod quvurlari, gips va ohakli yopishqoq materiallar va boshqa qurilish materiallari maʼlum edi. 19-asrning 1-choragida mexanik chidamliligi yuqori boʻlgan, suvda qotadigan portlandsement kashf etilib, qurilishda beton va temir-beton ishlab chiqarish va ularni ishlatishga sharoit yaratdi. 19—20-asrlarda qurilish hajmining keskin oshishi natijasida Qurilish materiallari sanoatis. mahsulotlari tur tarkibi va ishlab chiqarish hajmlari yuqori surʼatlarda yuksaldi.
Oʻzbekistonda tabiiy xom ashyolardan qurilish materiallari sifatida foydalanish tarixi uzoq oʻtmishga borib taqaladi. Ayniqsa, binolar qurilishida xom gʻisht, guvala, yogʻoch sinch, ganch, oddiy tuproq (loy)dan tiklanadigan paxsa asrlar davomida asosiy qurilish materiallari boʻlib kelgan. Humdonlarda pishirilgan gʻisht, sopol, chinni koshin, ganch, yoʻnilgan granit, marmar toshlar saroy, madrasa, masjid, rabotlar qurilishida keng qoʻllanilgan.
Respublikada qurilish materiallari sanoati xalq xoʻjaligidagi sanoat tarmogʻi sifatida 20-asr boshlarida paydo boʻldi. 1913-yilda hozirgi Oʻzbekistonda jami 20 dan koʻproq kichik gʻisht zavodlari, ohak va alebastr ishlab chiqarish korxonalari ishlagan. 20-asrning 20-yil laridan boshlab dastlabki Qurilish materiallari sanoatis. korxonalari (sement, gʻisht zavodlari) qurilishi boshlandi va qisqa muddatlarda sement sanoati, shisha-oyna sanoati, toshga ishlov berish (toshtaroshlik), noruda qurilish materiallari korxonalari barpo etildi.
21-asr boshida respublikaning koʻp tarmoqli Qurilish materiallari sanoatis.da sement, asbest-sement, devorbop materiallar, yumshoq tom va gidroizolyatsiya materiallari, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, polimer xom ashyodan qurilish materiallari va buyumlar, temir-beton konst-ruksiyalari va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlandi. Tarmoq korxonalarida 100 dan ortiq nomdagi asosiy mahsulot turlari tayyorlanadi.
Qurilish materiallari sanoati tarmoqlari yuksak mexanizatsiyalashgan va xalq xoʻjaligining qurilish materi-allariga boʻlgan talabini toʻla qondi-radi. Xorijiy investorlar ishtiro-kida yangi qoʻshma korxonalar qurilmoqda, ishlab turgan korxonalar zamonaviy texnologiya bilan jihozlanib kengaytirilmoqda. 2003-yilda Oʻzbekistonda sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning umumiy hajmida Qurilish materiallari sanoatis. salmogʻi 4,9% ni tashkil etdi. Tarmoqda faoliyat koʻrsa-tadigan eng yirik tashkilot "Oʻzqu-rilishmateriallari" aksiyadorlik kompaniyasi (1997-yilda tashkil etilgan)dir. Uning tarkibidagi 80 korxona (23 aksiyadorlik jamiyati, 39 ta masʼuliyati cheklangan jamiyat, 14 ta xususiy korxona, 4 qoʻshma korxona) respublikada obyektlar qurilishini barcha turdagi qurilish materiallari bilan taʼminlaydi.
2003-yilda respublika Qurilish materiallari sanoatis.da (yirik va oʻrta korxonalar boʻyicha) 4062,5 ming t sement, 568,1 ming kmichki devorlarni qoplashga moʻljallangan bezakli sopol plitkalar, 34,7 mln. m2 yumshoq yopma (tom) materiallari, 313,7 mln. dona shartli taxta shifer, 360 ming m2linoleum, 6434,5 ming m2deraza oynasi (2 mm qalinlik hisobida), 41,9 ming t ohak, 49,2 ming t gips va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoq mahsulotlari chet mamlakatlarga eksport qilinadi (2004-yilda 31,7 mln. AQSH dollari).
Erkin Akramov.
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Qurilish Materiallari Sanoati haqida batafsil ma'lumot
Qurilish materiallari sanoati – bu qurilish jarayonida foydalaniladigan turli xil materiallarni ishlab chiqarish, tayyorlash va yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi sanoat tarmog‘idir. Ushbu sanoat qurilishning asosi hisoblanadi, chunki u arxitektura va infratuzilma obektlarini barpo etishda zarur bo‘lgan materiallarni ta’minlaydi.
Qurilish materiallari sanoatining asosiy turlari:
-
G‘isht va keramika mahsulotlari
G‘isht – an’anaviy qurilish materiali bo‘lib, hatto hozirgi kunda ham keng qo‘llaniladi. Shuningdek, keramika mahsulotlar: plitalar, bloklar va kafellar ham shu turkumga kiradi.
-
Beton va tsement mahsulotlari
Beton qurilishning eng ko‘p ishlatiladigan materiali hisoblanadi. Beton aralashmasi uchun tsement eng muhim komponentlardan biri hisoblanadi. Ushbu sanoatda tsement, g‘isht, ohak, changli va boshqa qo‘shimchalar ishlab chiqariladi.
-
Metallar va metall mahsulotlari
Qurilishda po‘lat, alyuminiy kabi metallar ko‘p ishlatiladi. Ular metall konstruktsiyalar, armaturalari, va boshqa tuzilmalar uchun zarur bo‘lgan elementlardir.
-
Yog‘och mahsulotlari
Yog‘och qurilish materiali sifatida chiqadi. U o‘rmon xo‘jaligi tarmoqlaridan olinadigan tabiiy resurs hisoblanadi. Yog‘och taxtalar, taxta, kontrplak va boshqa shakllarda ishlab chiqariladi.
-
Izolyatsiya materiallari
Qurilishga issiqlik, suv, ovoz izolyatsiyasi uchun turli materiallar kerak bo‘ladi. Masalan, penoplast, mineral jun, shisha tola kabi mahsulotlar.
-
Shisha materiallari
Oynalar, oynali devorlar, shisha mahsulotlar sanoati ham qurilish materiallari sanoatiga kiradi.
Qurilish materiallari sanoatining ahamiyati:
- Iqtisodiy ahamiyati: Qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasi ko‘plab ish o‘rinlari yaratadi va davlat iqtisodiyotiga sezilarli hissa qo‘shadi.
- Infratuzilma rivoji: Yangi uy-joylar, ijtimoiy obektlar, sanoat korxonalari barpo etishda qurilish materiallari sanoati bevosita ishtirok etadi.
- Barqaror rivojlanish: Zamonaviy qurilish materiallari energiya tejovchi va ekologik toza materiallar bo‘lib, barqaror rivojlanishga xizmat qiladi.
O‘zbekistonda qurilish materiallari sanoati:
O‘zbekistonda qurilish materiallari sanoati mamlakatning asosiiy sanoat tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda tsement, g‘isht, beton, metall va boshqa qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘plab korxonalar faoliyat yuritmoqda. So‘nggi yillarda davlat tomonidan qurilish sanoatini rivojlantirish va zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilmoqda.
Muammolar va istiqbollar:
- Muammolar: Sifat nazorati, ekologik me’yorlarga rioya qilish, innovatsiyalarni joriy etish, xomashyo bazasining yetarliligi kabi masalalar mavjud.
- Istiqbollar: Raqamli texnologiyalarni joriy etish, ekologik toza materiallarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish, eksport salohiyatini oshirish kabi yo‘nalishlar rivojlanmoqda.
Xulosa:
Qurilish materiallari sanoati har qanday davlat iqtisodiyotining muhim qismidir. Bu sohadagi barqaror rivojlanish mamlakat qurilish sanoatini mustahkamlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va infratuzilmani yaxshilash imkonini beradi. O‘zbekistonda bu tarmoqni yanada rivojlantirish uchun innovatsion texnologiyalar va sifat nazoratiga katta e’tibor qaratilmoqda.
Agar qo‘shimcha ma’lumot yoki aniqroq turlar haqida so‘ramoqchi bo‘lsangiz, bemalol murojaat qilishingiz mumkin!