Qurbonov Yoʻldosh Rahimovich




Yoʻldosh Rahimovich Qurbonov (1929.20.4, Toʻrtkoʻl shahri - 1981.31.1, Toshkent) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi (1959). Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi instituti zootexnika fakultetini tugatgan (1953). 1953—55 yillarda shu intda oʻqituvchi, Oʻzbekiston chorvachilik institutida boʻlim mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrin-bosari (1958—61), Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi vaziri (1961—62), Qoraqalpogʻiston dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti direktori (1962—65), Toʻrtkoʻl tumani partiya komiteti 1-kotibi (1965—70), Oʻzbekiston KP MK kotibi (1970, sentabr - 1981). Toʻrtkoʻl tumanida jamoa xoʻjaligiga, oʻrta maktabga, Toshkent shahridagi koʻchalardan biriga Q. nomi berilgan.

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz