Qurbonov Anvar Sarmanovich




Anvar Sarmanovich Qurbonov (1948, hozirgi Sirdaryo viloyati Guliston tumani) — quruvchi usta, Oʻzbekiston Qahramoni (1998). Mehnat faoliyatini 1969-yildan Guliston tumanidagi 60-sonli qurilish tashkilotida gʻisht teruvchilikdan boshlagan, shu tumandagi 3-mexanizatsiyalashgan kolonnada qurilish brigadiri (1975-81), "Sir daryojamqurilish"ga qarashli 49-sonli mexanizatsiyalashgan kolonnaning brigada boshligʻi (1981—98), Guliston tumanidagi 4-sonli qurilishmontaj boshqarmasida brigada boshligʻi (1998 — 2000), 2000-yildan shu boshqarma kasaba qoʻmi-tasining raisi. Guliston shahridagi 5-mavze, "Maʼnaviyat va maʼrifat" markazi, suzish basseyni, Alpomish sport majmuasi, Boks saroyi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy ban-kining viloyat boʻlimi singari koʻplab yirik meʼmorlik inshootlari qurilishida faol qatnashib, yuqori mehnat koʻrsatkichlariga erishgan, koʻplab quruvchi shogirdlar yetishtirgan.

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz