Qurbonov Akobir Sobirovich




Akobir Sobirovich Qurbonov (1975-yil 29-iyulda Buxoro viloyati Buxoro tumanida tugʻilgan) — oʻzbek sambochisi va kurashchi. 1999-yil kurash boʻyicha jahon chempioni, sambo boʻyicha jahon kubogi gʻolibi (2002) va bronza medali (1998), sambo boʻyicha jahon chempionatining kumush (1998, 2001, 2004) va bronza (2002, 2004) medallari sovrindori. 2010-yilda Pekindagi Jahon oʻyinlarida sambo boʻyicha musobaqalar gʻolibi. Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi. U ikkinchi yarim oʻrta vazn (74 kilogrammgacha), birinchi oʻrta (82 kilogrammgacha) va ikkinchi oʻrta (90 kilogrammgacha) vazn toifalarida ishtirok etgan. 1996-yil Oʻzbekiston IIV Akademiyasini tamomlagan. 1996-yilda Oʻzbekiston IIV Akademiyasi „Jismoniy tarbiya“ kafedrasi katta oʻqituvchisi.

Oilasi



Otasi Sobir Qurbonov — sovet sambochisi, SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi, SSSR, Yevropa va jahon chempioni.

Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz