Qurbonboy jirov Tojiboy o'g'li




Qurbonboy jirov Tojiboy oʻgʻli (1876 — Toʻrtkoʻl tumani Shoʻroxon qishlogʻi — 1958) — Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq dostonchisi (1956). Jiyenmurod jirovnij shogirdi. Yoshligidan xalq qoʻshiqlari va dostonlardan parchalarni yodlab yurgan. Dostonlarni oʻzbek va qoraqalpoq tillarida kuylagan. Repertuarida 20 dan ziyod doston bor; shundan 17 tasi yozib olingan ("Alpomish", "Qirq qiz", "Shirin bilan Shakar" va boshqalar). Ulardan baʼzilari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti folklor boʻlimi arxivida saklanadi.

Adabiyot






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz