Qurbonali Boboyev




Boboyev Qurbonali Latipovich (1910.26.12, Oqmoʻla shahri2000.5,8, Toshkent) — geolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1974). geol.mineralogiya fanlari doktori (1962), professor (1963). Oʻrta Osiyo industrial intni tugatgach (1936), geol. ixtisosidagi turli muassasalarda foydali qazilmalarni qidirish ishlariga rahbarlik qilgan. Urush qatnashchisi (1942—43). 1944-yildan "Oʻzbekoltinkamyobmet" trestida bosh geolog, direktor oʻrinbosari. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Geologiya instituti direktori oʻrinbosari va direktori (1947—56) Oʻrta Osiyo Geol. va mineral xom ashyo ilmiy tadqiqot instituti direktori (1956—66). 1967-yildan Mineral resurslar ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim. Geologik jarayonlar harakteristikasi prinsiplarini ishlab chiqib, Oʻrta Osiyoni geologikstrukturaviy rayonlashtirish sxemasini va shu asosda metallogenik va prognoz qilish sxematik haritalarini tuzgan. 1983-yildan Ruda konlari genezisi boʻyicha Xalqaro assotsiatsiya (AQSH) haqiqiy aʼzosi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz