Qurbon hayiti
Hayit (arab. iyd — bayram) — musulmonlarning diniy bayrami. Islom anʼanasida ikkita Hayit rasman diniy bayram sifatida nishonlanadi: katta Hayit yoki qurbon Hayiti (arab. iyd al-kabir, iyd al-adho) va kichik Hayit yoki roʻza Hayiti (arab. iyd as-sagʻir, iyd al-fitr). Qurbon Hayiti haj marosimi va qurbonlik qilish bilan, roʻza Hayiti esa ramazon oyi nihoyasida ogʻiz ochish bilan bogʻliq. Qurbon Hayiti hijriy zulhijja oyining 10-kunida, roʻza Hayiti esa shavvol oyining 1-kunida bayram qilinadi. Hayitda masjidda ertalab Hayit namozi oʻqish, roʻza Hayitida fitr-sadaqa berish (Hayit namozidan oldin), qurbon Hayitida esa qurbonlik qilish va shahrik. islom bilan bogʻliq marosimlar yuzaga kelgan. Hayitdagi bu marosimlarga koʻp joylarda xalqlarning mahalliy odatlari — arafa kuni osh ulashish, yangi kiyim kiyish, "hayitlik" berish, sayil qilish, yaqin odamlarini koʻrish va h.k. ham qoʻshilib ketgan.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, qurbon Hayiti ham, roʻza Hayiti ham umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan boʻldi.
Manbalar
uz.wikipedia.org