Qurbaqa
Qurbaqalar — dumsiz suvda va quruqlikda yashovchilar oilasi. Uzunligi 2—25 sm. Koʻpchilik qurbaqalarning tishlari qisman yoki butunlay reduksiyaga uchragan. Tanasi keng, oyoqlari baqalarga nisbatan kalta. 21 urugʻi 300 dan ortiq turi bor. Antarktidadan tashqari barcha qitʼalarda tarqalgan. Ular orasida tropik Afrikada tarqalgan tirik tugʻuvchi qurbaqalar eng sodda tuzilgan. Koʻpchilik (200 ga yaqin) turlari asl qurbaqalar uru-gʻiga kiradi. Asl qurbaqalarning koʻz qorachigʻi vertikal joylashgan; orqa oyogʻi barmoqlarida suzgich pardalar qoldigʻi bor; koʻzidan keyinroqda yirik qulo-qoldi, tanasining orqa tomoni boʻylab mayda zahar bezlari joylashgan. Yevrosiyoning oʻrmon va dasht mintaqasida uzunligi 20 sm keladigan oddiy, yaʼni kulrang Qurbaqalar, choʻl, dasht, oʻrmon va togʻlarida (4,800 m gacha balandlikda) koʻk Qurbaqalar keng tarqalgan. Oʻzbekiston faunasida faqat koʻk qurbaqalar (uzunligi 14 sm gacha) uchraydi.
Aksariyat qurbaqalar — quruqlik hayvonlari, baqalarga nisbatan kuchsiz sakraydi va yomon suzadi; sekin qadamlab harakat qiladi. Oqshomlari faol hayot kechiradi. Turli xil hasharotlar va boshqa umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Quruqlikda qishlaydi. Koʻpchiligi suvga, ayrim turlari quruqlikka 1200 dan 7000 gacha tuxum qoʻyadi. Qurbaqalar bogʻ va poliz ekinlariga ziyon keltiradigan hasharotlarni qirib foyda keltiradi. Janubiy Amerikaning mahalliy aholisi aga qurbaqalari zaharini oʻq-yoylarga surishgan. Qurbaqalarning 6 turi Tabiatni muhofaza qilish xalʻqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.
Adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org