Qurbanov Rustambek Javdatovich




Qurbonov Rustambek Javdatovich (28.06.1954-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan) — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi, 2006—2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari boʻyicha vaziri boʻlgan, 2009—2017-yillarda Olimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori, 2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi lavozimlarida ishlagan.

Faoliyati



1971—1973-yillarda Toshkent 2-qurilish boshqarmasiga qarashli 1-Uy-joy qurilish kombinatida suvoqchi boʻlib ishlagan, soʻngra 1973—1975-yillarda Qurolli kuchlar safida xizmat qilgan. 1976—1985-yillarda Toshkent shahar Bosh qurilish boshqarmasi suvoqchi, prorab, instruktor-metodist, yoshlar tashkiloti kotibi, 6-qurilish tresti, 47-qurilish boshqarmasi prorabi boʻlib ishlagan. 1985—1989-yillarda — Sobir Rahimov tumani Partiya qoʻmitasi tashkiliy boʻlim metodisti, ishlab chiqarish boʻlimi metodisti, tashkiliy boʻlim mudiri, 1989—1990-yillarda esa Toshkent shahar partiya qoʻmitasi tashkiliy boʻlimi metodisti lavozimlarida ishlagan.

1990—1992-yillarda Toshkent shahar hokimligi ijroiya qoʻmitasi Xalq deputatlari Kengashining tashkiliy-kadrlar boʻlimi mudiri, 1993-yilda Toshkent shahar Yunusobod tumani hokimining birinchi oʻrinbosari boʻlgan. 2001—2004-yillarda Toshkent shahar hokimining ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari, 2004-yilda esa Toshkent shahar Bektemir tumani hokimi boʻlgan. 2004—2009-yillarda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti, 2005—2006-yillarda esa „Oʻzbekturizm“ milliy kompaniyasi raisi boʻlgan. 2006—2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari boʻyicha vaziri lavozimida ishlab kelgan.

2009-yilda Olimpiya shon-shuhrati muzeyi direktori etib tayinlangan, 2017—2018-yillarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi lavozimida ishlab kelgan. 2018-yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi lavozimida ishlab kelgan.

Mukofotlari




Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz