Qunduzlar




Qunduzlar — suvsarsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchilar urugʻi. Yevropa, Osiyo, Shimoliy -Gʻarbiy Afrikada choʻllardan boshqa joylari-datarqalgan. Gavdasining uz. 55—95 sm, nisbatan ingichka va egiluvchan, vazni 10 kg gacha. Dumi 45 sm gacha. Oyoklari kalta, barmoqlari orasida suzgich parda boʻladi. Oʻzbekmstonda 1 turi — qunduz tarqalgan. Q. chuchuk suv havzalari yaqinidagi inlarida yashaydi. Shoʻngʻiganida quloq va burun teshiklari maxsus klapanlar bilan bekiladi.

Qishda suvning muzlamagan joylarida yashaydi. Bahor-yoz mavsumida asta-sekin tullaydi. Yumshoq toʻshamali uyasini suv havzasining baland qirgʻoqlariga yasaydi. Boʻgʻozlik davri 8— 10 oy. Ikki yilda bir marta — ap-rel — mayda, koʻpincha 3 ta bola tugʻadi. Asosan, baliq, baqa, baʼzan oʻrdak va boshqa bilan oziqlanadi. Moʻynasi (ayniqsa, qishki) qimmatbaho hisoblanadi. Soni keskin kamayganligi uchun ovlash taqiqlangan.

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz