Qunduzak masjidi
Qunduzak masjidi — Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida barpo etilgan masjid. Masjid Koʻk Gumbaz masjidi qarama-qarshi tomonida joy olgan.
Tarixi
Mazkur masjid hijriy 1345-yil (milodiy 1926-yil) da qurib bitkazilgan. Masjidning qurilishiga aloqador qoʻlyozmalarda yozilishicha, masjid qurilishida usta Mulla Joʻra Soʻfi, duradgor ustalardan esa usta Almardon va usta Saidxoʻjalar ishtirok etgan.
Tuzilishi
Masjid old tomoni chiroyli, naqshinkor koshin bezaklar bilan bezaklangan.
Taʼmirlash ishlari
Masjidning bir qismi 2002-yilda qisman taʼmirdan chiqqan. Bugungi kunga kelib masjid jom’e masjidi sifatida faoliyat olib boradi. Masjidda nomozxonlar besh vaqt namoz oʻqishlari mumkin.
Muhofaza qilinishi
Qunduzak masjidi Davlat yodgorliklarini saqlash roʻyxatiga kiritilgan. Shuningdek, mazkur obyekt UNESCOning umuinsoniy qadriyatlar kitobidan ham joy egallagan.
Manbalar
uz.wikipedia.org