Qumtog` zilzilasi
Qumtogʻ zilzilasi - 1983 y 14 mart kuni Ashxobod vaqti bilan soat 17 dan 13 min. oʻtganda Xuroson togʻi etaklarida joylashgan Qumtogʻ qishlogʻidan oʻtgan chuqurlikdagi yer yoriqlaridan birida yuz bergan. Tektonik kuchlanishlarning keskin oʻsib borishi sababli yer osti togʻ jinslari ana shu yoriklar boʻyida bir-biriga nisbatan siljib, zilzila oʻchogʻini paydo qilgan. Bu oʻchoq 7–8 km chuqurlikda joylashgan, uni Ashxobod va Bolxono-bod seysmik st-yalari qayd qilgan. Zilzilaning kuchi 8 ball boʻlib, magni-tudasi 5,6 ga teng boʻlgan. Natijada 2–3 m li yoriklar paydo boʻlgan, ulardan bir nechtasi qishloqdagi imoratlardan oʻtib, ularni vayron qilgan. Baʼzi joylarda yoriqlar 20—30 sm ga siljigan. Zilzila natijasida 65 ming kmmaydon zarar koʻrgan.
uz.wikipedia.org