Qumqishloq
Qumqishloq (ruscha: Кумкишлак) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan.
Nomlanishi
Shaharcha nomi „qum“ va „qishloq“ soʻzlarining yigʻindisidan kelib chiqqan boʻlsa ham, bu yerda qum, tosh, shagʻal, kvars singari mayda zarralarning hech qanday aloqasi yoʻq. Shaharcha hududida bunday zahiralar aniqlanmagan. Bu shunchaki qumli joyda bunyod etilgan qishloq maʼnosida qoʻllaniladi degan taxminlar ham mavjud. Shuningdek, qum soʻzi xum soʻzining oʻzgangan varianti boʻlishi ham mumkin. Yaʼni qishloq avvvallari Xumqishloq deb nomlangan. Bu nom esa hududda xumdonlar mavjud boʻlganligidan dalolat beradi. Mahmud Qoshgʻariy oʻz asarlarida oʻrta asrlarda Qum shahri nomli joy boʻlganligini yozib oʻtadi. Uning tarifiga koʻra qum-xum-xun-xon-xona, dargoh, maskan, saroy, karvonsaroy, ibodatxona, maʼbad maʼnolarida oʻzgargan boʻlishi ham mumkin. Yaʼni Qumqishloq asli qoʻrgʻonli qishloq maʼnosini anglatgan.
Oʻxshash nomlar
Eronda Qum shahri nomli maskan mavjud. Shuningdek, Zarafshon vodiysining yuqori qismida — Yagnobda qum qishlogʻi boʻlgan. Ustyurt platosida esa Qumkent nomli hudud bor.
Aholi maskanlari
Qumqishloq shaharchasida 15-sonli maktab va 33-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyat yuritadi. Shuningdek shaharcha hududida Qum Qishloq jom’e masjidi, bolalar stadioni ham mavjud.
Iqlimi
Qumqishloq shaharchaning iqlimi keskin kontinental bo'lib, yillik oʻrtacha harorat 14.7° darajaga teng. Yanvarning oʻrtacha harorati 0.8°, eng past harorati esa 26° darajani tashkil qiladi. Iyulning oʻrtacha harorati 28°, eng yuqori harorati esa 43° ga teng.
Yogʻin miqdori
Qumqishloq shaharchasiga yillik 545 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 219 kunni tashkil qiladi.
Tuprogʻi
Qumqishloq shahri hududida boʻz, jigarrang va qoʻngʻir togʻ-oʻrmon tuproqlari keng tarqalgan.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org