Qumoy




Qumoy — lochinsimonlar turkumi, qarchigʻaylar oilasiga mansub qush. Tanasining uz. 1 m dan ortiq, vazni 10—11 kg, qanoti yoyilganda 3 m ga yaqin. Yetuk individlari och qoʻngʻir, boʻynida ingichka, uzun qil patlari bor. Qanotlarining osti oq. Yoshlari oqishroq. Tumshugʻi sargʻish oq, koʻz qorachigʻi qiz-gʻish. Oʻrta va Markaziy Osiyoning togʻli hududlarida tarqalgan. Oʻzbekistonda Hisor togʻida uchraydi. Togʻlarning oʻrta va yuqori qismida 2000-2500 m balandlikda yashaydi. Fevralda 1 dona tuxum qoʻyadi va ikkala jins navbat bilan 50—60 qun bosadi. Poloponlari avgustda ucha boshlaydi. Oʻlimtiklar bilan oziqlanadi. Tabiatda kamyob tur. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz