Qumli tuproqlar




Qumli tuproqlar - tuproq turi; mexanik tarkibida 0,05—1,0 mm li qum zarrachalari koʻp (90—100%), 0,01 mm dan kichik zarrachalar miqdori 10% ga yaqin, 0,001 mm dan kichik mayda zarrachalar 2—4%dan oshmaydi. Qumli tuproqlar yuza qismida yupqa, yumshoq (havol) qumli quruq qavat boʻlib, chuqurlashgan sari efemer oʻtlar ildizi aralashib ketgan oʻtkinchi gorizont yotadi. Qumli tuproqlar choʻl mintaqasida shu zonaning asosan taqirlar, taqirli tuproqlar va oʻtloqi tuproqlari bilan bir kompleksda hamda qad. daryo, soylarning quruq deltalari va boshqalarda tarqalgan. Qumli tuproqlar, odatda, qatlamining yupqaligi, organik modda (chirindi) miqdorining kamligi (eng yuqori qavatda ham 0,5% dan oshmay-di), suv sigʻimining pastligi va boshqa oʻsimlik oʻsishi uchun noqulay xossalari bilan ajralib turadi; bunday tuproqlar shamol eroziyasi (deflyatsiya) ga juda moyil. Qumli tuproqlardan sugʻorma dehqonchilikda juda kam foydalaniladi. Markaziy Fargʻona, Quyi Amudaryo va boshqa rayonlardagi choʻl Qumli tuproqlarining kichikkichik massivlari oʻtlar ekish va boshqa usullar yordamida oʻzlashtirilgan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz