Qumli Choʻl Tuproqlari
Qumli choʻl tuproqlari - qumda oʻsuvchi oʻsimliklar tagida shakllanadigan tuproq tipi. Ildiz-chirindili qatlami oʻsimlik qoldiqlarining chirishi hisobiga hosil boʻladi. Qumli choʻl tuproqlarit. Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari, Fargona vodiysi, Qoraqalpogʻiston, shuningdek, Turkmaniston va Tojikistonda tarqalgan. Qumli choʻl tuproqlarit. yuzasi (5—6 sm)da har joydan bir oʻsimlik poyasi yoki ildizi oʻsib chiqqan quruq sochiluvchan qumdan iborat. Bu tuproqlar tarkibida chirindi miqdori juda kam (0,1—0,5%) boʻlib, 30—35 sm chuqurlikkacha uchraydi. Yalpi shakldagi azot va fosforning miqdori juda kam. Tuproq profilida karbonatlarning dogʻ, sochilgan va boshqa shakllardagi hosilalari koʻrinib turadi. Tuproq reaksiyasi kuchsiz ishqorli yoki ishqorli. Qumli choʻl tuproqlarit. shoʻrlanmagan yoki kuchsiz shoʻrlangan (suvda eriydigan tuzlar 2 m va undan chuqurda joylashgan; 1,5—2,0%). Koʻpincha tuzlarning asosiy qismini suvda kam eriydigan sulfatlar tashkil etadi. Shuning uchun oʻzlashtirishning dastlabki yillarida bu tuproqdar shoʻri yuvilmaydi. Bu tuproqlarning singdirish kompleksi, asosan, kaltsiy va magniydan iborat (singdirish sigʻimi juda kam — 5,0—6,0 mg. ekv). Bu tuproqlarning suv oʻtka-zuvchanligi juda kuchli boʻlgani uchun sugʻorish suvi tuproqning oʻsimlik ildizlari rivojlanadigan qismida ushlanmay, egat boshidayoq tezda quyi qatlamlarga shimilib ketadi. Tuproqlarning suv oʻtkazuvchanligini kamaytirish uchun kolmataj (loyqali suv bilan sugʻorish) qilinadi. Shamol eroziyasiga qarshi kurashda koʻp yillik oʻtlar va oʻrmon daraxtlari ekishdan tashqari polimer preparatlardan (K-4, lateks va boshqalar), shuningdek, soz-qumoqli materiallardan foydalaniladi.
Xodimat Maxsudov.
uz.wikipedia.org