Qumg'on
Qumgʻon — choy idish; ichi qalay bilan oqartirib misdan yasalgan dastali, qopqoqli (baʼzan qopqoqsiz), joʻmrakli idish. Suv ichish, choy qaynatish uchun ishlatiladi. Ogʻzi (boʻyni) keng, joʻmragi qisqa (baʼzan yoʻq), qorni katta (ovalsimon); ogʻzi-boʻyni kattaligi bilan obdastadan farq qiladi.
Kandakori oʻyma naqshlar bilan bezatiladi. Qadimdan sopol qumgʻonlar keng tarqalgan, keyinchalik misdan bolgʻalab ishlangan. Sanoat rivojlanishi bilan quyib, temirdan ishlab, ustidan sirlab tayyorlana boshlangan. Hajmiga koʻra katta qumgʻon (4—5 litr suv sigʻadi), oʻrta qumgʻon (2-3 litr), qumgʻoncha (1-1,5 litr) deb nomlangan. Sharq mamlakatlari, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Qumgʻonning jozibador qilib bezatilgan namunalari respublika muzeylari va xususiy toʻplamlarda saqlanadi.
Yana qarang
uz.wikipedia.org