Qumga tu shish
Qum https://uz.m.wikipedia.org › wikiQum vannalari - Vikipediyavannalari , qumga tu shish, psammoterapiya — issiq qumdan davo maqsadida foydalanish; issiq bilan davolash usullaridan. Qa-dimda quyoshda qizigan issiq qum bilan davolash keng rusum boʻlgan; arab, yunon, rimliklar va Sharqiy Hindiston aholisi oʻrtasida bu usul samarali qoʻllanilgan. Qum vannalari haqidagi maʼlumotlar Ibn Sino qoʻlyozmalarida ham qayd etilgan. "Agar qumdan mahorat bilan foydalana olsangiz, moddalar al-mashinuvini yaxshilashga erishiladi. Inson baquvvat boʻlib, kayfiyati tetiklanadi. Ortiqcha moddalar tezda erib, ter bilan chiqib ketadi, u surun-kali sovuklikni bartaraf etadi, bosh ogʻrigʻini qoldirib, miyani mustahkamlaydi". Qum bilan davolash yoz oylarida oʻtkaziladi, asosan, qumning yuqori qatlamidan foydalaniladi. Ertalab qum maydonchalarida medal-on shaklida 2x1 m hajmidagi "joʻyacha"lar tayyorlanadi. Har bir "joʻyacha" ning bosh tomoniga 6—10 sm balandlikda qumdan tayyorlangan yostiqchalar qoʻyiladi. Bemorlar muolaja qabul qilishdan yarim soat oldin kelib, maxsus soya joyda dam olishadi va issiq muhitning termik sharoitiga koʻnikishadi. Bu vaqtda tibbiy xodimlar bemorning vazni, gavda harorati, qon bosimi, pulsi va h.k.ni oʻlchaydi. Bevosita muolaja oʻtkazish oldidan ertalab tayyorlab qoʻyilgan va oftobda qizigan "joʻyacha"larning yupqa qavati olinadi va toʻplab qoʻyiladi. Bemor joʻyachaga yotgandan keyin uning badani qum bilan oʻraladi va eng ustki qismi toʻplab qoʻyilgan issiq qum bilan koʻmiladi. Qum vannalari umumiy va mahalliy boʻlishi mumkin. Umumiy Qum vannalari oʻtkazilganda bemorning tanasi va qoʻl-oyoqlari (yurak sohasidan tashqari) issiq qum bilan oʻraladi. Mahalliy usulda bemorning qoʻl va oyoqlari yoki tanasining ayrim qismigina oʻraladi. bemorning boshi ustiga quyoshdan himoya qilish uchun soyabon qoʻyiladi. Umumiy qumli vannalar kattalar uchun 20—30, bolalar uchun esa 10—15 min davomida qabul qilinadi. Mahalliy muolaja 40— 60 min., soʻngra issiq suvda yuvinish tavsiya etiladi. Qum vannalari taʼsirida butun tana bir xidda qiziydi, ogʻriq qoladi. Organizmda oksidlanish jarayonlari kuchayadi. Qum vannalarini poliartrit, periferik nerv sistemasi kasalliklari, ayollar jinsiy aʼzolarining surunkali kasalliklarida buyuriladi.
Tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot institutinkng Termiz filialida bemorlarni qum bilan davolash yoʻlga qoʻyilgan.
uz.wikipedia.org