Qumbul




Qumbul , qunbul, qanbul (moʻgʻulcha — "markazni qurshamoq", "qanot muhofazachisi") — qoʻshin qanotlarini dushman hujumidan himoya qiluvchi suvoriy harbiy qism. Maʼlumki, Amir Temur jahon harbiy sanʼati tarixida 1-boʻlib armiyani jang maydonida 7 qoʻlga boʻlib joylashtirish tartibini joriy etgan. sohibqironning harbiy ish rivojiga qoʻshgan ulkan xizmatlaridan yana biri lashkar qanotlarini jang paytida dushman hujumidan muhofaza qilish va aksincha gʻanim kuchlarini 2 yon tomondan aylanib oʻtib, unga ortdan kuchli zarba berish maqsadida Q. tuzilgan. 5 qismdan iborat jangovar tartibning oʻng va soʻl qanotlari uchiga Q. joylashtirilgan. Bunday yangi harbiy qism tarixning guvohlik berishicha, oʻtmishdagi atokli sarkardalar qoʻshinida boʻlmagan.

uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz