Qumarchiq




Qumarchiq — shoʻradoshlar oilasiga man-sub bir yillik oʻt turi. Boʻyi 20—50 sm. Bargi bandsiz, nashtarsimon yoki lentasimon. Gullari koʻrimsiz, dagʻal tukli gul toʻplamiga yigʻilgan. Gulqoʻrgʻoni 1 — 3 boʻlakli, changchisi 2—3 ta. Avgust —oktabrda gullab mevalaydi. Oʻzbekistonda Surxondaryo viloya-tida, Qoraqalpogʻistonning qumli choʻllarida, Buxoro vohasida tarqalgan. Urugʻi tarkibida 16—17% oqsil, 6—10% yogʻ, 60% uglevod bor. Gullab urugʻlaguncha mollar uchun yaxshi ozuqa. Chala choʻl va choʻl zonalarida qumliklarni mustahkamlash maqsadida ekiladi.

uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz