Qum tovushqoni




Tolay tovushqoni , qum tovushqoni (Lepus tolai) — quyonlar oilasiga mansub sut emizuvchilar turi. Gavdasi qumrangqoʻngʻir tusda (nomi shundan), kichik. Uz. 54 sm gacha, vazni 2,5 kg gacha. Oʻzbekistonning deyarli hamma hududlarida, xususan pasttekisliklar, vohalar, togʻ va togʻ oldi zonalari, toʻqaylardagi chakalakzorlarda, togʻ archazorlarida uchraydi. Har xil oʻt va butalar bilan oziklanadi. Yil davomida faol hayot kechiradi. Yilda bir nechtadan 2—5 marta bolalaydi. Goʻshti va moʻynasi uchun ovlanadi. Tartibsiz ovlanishi va yashash muhitining buzilishi tufayli bir qancha hududlarda yoʻqolib ketgan yoki soni keskin kamaygan.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz