Qum (shahar)
Qum (forscha: قم, ɢom) — Erondagi shahar. Tehron shahridan janubiy-sharqda joylashgan Qum ostonining maʼmuriy markazi hisoblanadi. Aholisi 777,6 ming kishi (1997). Transport yoʻllari chorrahasi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari mavjud. Qoʻlda gilam toʻqiladi, kulolchilik buyumlari tayyorlanadi. Shaharga 5-asrda sosoniylar podshohi Qubod 1 asos solgan. Abbosiylar davri (8-asrning 2-yarmi) da Q. yirik shaharga aylangan. Meʼmoriy yodgorliklardan Jome masjidi (11 — 12-asrlar), shialar imomi Muso al-Kozim qizi Fotima maqbarasi (16-asr) saqlangan. Q. shialarning Mashhaddan keyin Erondagi muqaddas shahri.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org