Qum




Qum (tuproq) — bir-biri bilan birlashmaydigan, erneng unimdor qatlami,mayda zarrachalardan tashkil topgan choʻkindi togʻ jinsi. Togʻ jinslarining mayda boʻlakcha (parcha)lari va turli minerallarning dumaloq va qirrali zarrachalaridan tarkib topgan.

Paydo boʻlish sharoitlariga koʻra Q. daryo, koʻl, dengiz, flyuvioglyatsial, elyuvial, prolyuvial va eol Q.larga boʻlinadi. Odatda, Q.ning oʻlchami 0,05 mm dan 2 mm gacha boʻladi. Ular mayda donachali (0,1—0,25 mm), oʻrta donachali (0,25—0,5 mm), yirik donachali (0,5–1 mm) va juda yirik donachalidir (1–2 mm). Q, mineralogik tarkibiga koʻra, kvarsli, glaukonit-kvarsli, dala shpati-kvarsli va boshqa turlarga boʻlinadi. tarkibiy qismiga qarab, bir mineralli (oligomikt) va koʻp mineralli (polimikt) q. farq qilinadi. q. konlari keng tarqalgan. Q.da oltin, platina, olmos, sapfir, rubin, sirkon, rutil, tita-nit, ilmenit va boshqa koʻpgina qimmat-baho minerallar mavjud; bu minerallarning bir qismi foydali qazilma sifatida ajratib olinadi. Tabiiy va sunʼiy (togʻ jinslarini maydalash yoʻli bilan olinadigan) Q.dan qurilishda va qurilish materiallari ishlab chiqarishda; kvarsli Q.dan shisha, chinni, fayans, qurilish keramikasi ishlab chiqarish hamda quyma shakllar yasashda xom ashyo sifatida foydalaniladi.



uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz